1-2 dekabr kunlari «Qamchiq» dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Shuningdek qayd etilishicha, tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 metrni tashkil qiladi. Shamol tezligi 17-22 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.
2-3 dekabr kunlari havo harorati keskin pasayadi, kechasi 12-17 daraja, kunduzi 7-12 darajagacha sovuqni tashkil etadi.
«Ob-havoning keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz», - deyiladi FVV xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!