17:37 / 02.12.2017
8 983

Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi

Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Tayinlov haqidagi farmon va Prezident matbuot xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 1 dekabr kuni imzolangan.

Komil Allamjonov 1984 yilda tug‘ilgan Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2006 yilda O‘zbekiston Davlat va madaniyat institutini, 2010 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2002—2004 yillarda Favqulodda vaziyatlar vazirligida bosh mutaxassis, Axborot xizmati xodimi sifatida ishlagan. 2004—2005 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) axborot xizmatida bosh mutaxassis, 2005—2009 yillarda DSQ axborot xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, 2009—2013 yillarda DSQ axborot xizmati boshlig‘i — qo‘mita matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi