17:55 / 06.12.2017
8 154

Ertaga O‘zbekistonda harorat ko‘tarilishni boshlaydi

Ertaga O‘zbekistonda harorat ko‘tarilishni boshlaydi
Juma, 7 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’tiboringizga havola etamiz. Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga mamlakatimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Harorat ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida harorat kunduzi 7-9 daraja iliq, kechasi 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 5-10 daraja iliq, kechasi 3 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 15 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa 3 darajagacha tushib ketadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida harorat kunduzi 6-11 daraja iliq, kechasi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Kechas esa 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida kechasi 10 darajalik sovuq harorat saqlanib qoladi. Kunduzi esa harorat 2-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga O‘zbekistonda harorat ko‘tarilishni boshlaydi