21:15 / 13.12.2017
6 798

14 dekabr kuni O‘zbekiston ahlini quyoshli ob-havo kutmoqda

14 dekabr kuni O‘zbekiston ahlini quyoshli ob-havo kutmoqda
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga 14 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Toshkent shahrida havo harorati kunduzi 2-4 daraja iliq, kechasi 5-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 5 darajagacha, kechasi esa 13 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 5 darajagacha iliq, kechasi 8 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi harorat 2-7 daraja iliq, kechasi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kunduzi 3-8 daraja iliq, kechasi esa 7 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida harorat kunduzi 6 darajagacha iliq, kechasi 7 darajagcha sovuq bo‘ladi.

Qamchiq dovoni hamda Chimyon tog‘larida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 2-7 daraja iliq, kechasi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 14 dekabr kuni O‘zbekiston ahlini quyoshli ob-havo kutmoqda