Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15 dekabrdagi farmoniga binoan barcha turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilishni litsenziyalash bekor qilindi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Davlat rahbari 15 dekabr kuni «Eksportni rag‘batlantirish va mahalliy tovarlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.
Hujjatda barcha turdagi tovarlarga eksport bojxona bojlari va tovarlarni eksport qilishni litsenziyalashni bekor qilish nazarda tutilgan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.
Bundan tashqari, o‘z mahsulotlarini eksport qiluvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga xorijda savdo uylari va vakolatxonalarini tashqi bozorlarni marketing tadqiqot qilish hamda o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun ochishga ruxsat berildi. Ular konsignatsiya shartlarida tovarlarini yetkazib berishlari ham mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muayyan tovarlar bundan mustasno.
Hujjatning to‘liq matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi