12:01 / 19.12.2017
6 000

Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga yuborilmoqda

Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga yuborilmoqda
Rossiyadan Tojikistonga joriy yilning to‘qqiz oyi davomida jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari Qirg‘iziston bo‘yicha ko‘rsatkichlardan oshdi, biroq RFdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmidan kamroqqa teng bo‘ldi. Bu haqda RF Markaziy banki matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, ko‘rsatilgan davrda Rossiyadan Tojikistonga jismoniy shaxslarning transchegaraviy o‘tkazmalari hajmi 1 mlrd 663 mln dollarni tashkil qildi, bu 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 231 mln dollarga ko‘proq.

Tojikistonga eng ko‘p pul o‘tkazmalari joriy yilning uchinchi choragida yuborildi - 741 mln dollar, bir o‘tkazmaning o‘rtacha miqdori esa 102 dollarga teng. Shu bilan birga, Rossiya rezidentlari Tojikistonga 171 mln dollarni yuborishgan bo‘lishsa, norezidentlar esa - 570 mln dollar.

2017 yilning uch choragi yakunlari bo‘yicha Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2 mlrd 636 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Qirg‘izistonga - 1 mlrd 576 mln dollar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyadan eng ko‘p pul o‘tkazmalari O‘zbekistonga yuborilmoqda