09:32 / 20.12.2017
10 972

Viloyatlarda tashkil etiladigan xususiy bog‘chalarda elektr va gaz uchun to‘lovining 50 foizini davlat to‘lab beradi

Viloyatlarda tashkil etiladigan xususiy bog‘chalarda elektr va gaz uchun to‘lovining 50 foizini davlat to‘lab beradi
Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”giqaror qabul qildi, deb yozmoqda «Darakchi» sayti.

Qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda bino berish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, xususiy investorlarning o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, 2023 yil 1 yanvargacha, foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun to‘lovning 50 foizi o‘z mablag‘laridan to‘lashlari, qolgan 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilandi.

Qaror bilan Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan oylik kompensatsiyalarni to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Viloyatlarda tashkil etiladigan xususiy bog‘chalarda elektr va gaz uchun to‘lovining 50 foizini davlat to‘lab beradi