12:25 / 29.12.2017
5 122

O‘zbekiston va Rossiya tinch atom bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya tinch atom bo‘yicha bitim imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya juma kuni atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohadagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda «Rosatom» axborot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Hujjat O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov va «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachev tomonidan imzolandi. Hujjat O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida ikki tomonlama o‘zaro aloqalar uchun huquqiy asos yaratadi.

«O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli yo‘nalishlar orasida O‘zbekiston atom energetikasi uchun milliy infratuzilmani yaratish va takomillashtirish hamda kadrlarni tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlarini qurish, shuningdek ularni butun sikl davomida qo‘llab-quvvatlash kabilar bor», - deyiladi xabarda.

Shuningdek qo‘shma ishlarning ehtimoliy yo‘nalishlari orasida O‘zbekiston mineral-xomashyo bazasini o‘rganish bilan uran konlarini qidirish va o‘zlashtirish, uran moddasini saqlash bo‘yicha maxsus joylarni asl holatiga qaytarish, radiofaol izotoplarni ishlab chiqarish va ularni sanoatda, tibbiyot hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llash, boshqa ilmiy tadqiqotlar bor.

Bitim aniq loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun qo‘shma ishchi guruhlarni tashkil etish, ekspertlar bilan almashish, seminarlarni tashkillashtirishni ham nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Rossiya tinch atom bo‘yicha bitim imzoladi