10:30 / 30.12.2017
6 658

Toshkent metrosining yangi stansiyasi nomi ma’lum qilindi

Toshkent metrosining yangi stansiyasi nomi ma’lum qilindi
Toshkentdagi Sergeli tumani yo‘nalishida yangi metro stansiyasi qurilmoqda, unga "Tojikiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan yuksak ehtirom namoyishi sifatida sevimli tojik shoiri va Tojikiston qahramoni Mirzo Tursunzoda nomi berildi", deb yoziladi Kun.uz nashrida.

Bundan tashqari, Kun.uz manbasi qator yangi metro stansiyalarining ishchi nomlari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Yunusobod liniyasidagi yangi stansiyalar Fayzulla Xo‘jayev, Yunusobod, Turkiston deya nomlanadi. Sergeli liniyasidagi yangi stansiyalarning ishchi nomlari esa - Ippodrom, Olmazor, Choshtepa, Tursunzoda, Sergeli, Ehtirom.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosining yangi stansiyasi nomi ma’lum qilindi