13:43 / 03.01.2018
7 024

FVV ogohlantiradi: O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq havo kelyapti

FVV ogohlantiradi: O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq havo kelyapti
Gidrometeorologiya xizmati markazidan xabar qilishlaricha, 4-5 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkazdan nam va sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Facebook’dagi sahifasida xabar qilindi.

4-5 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0... 5 daraja sovuq, kunduzi 2... 7 daraja iliq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

“Qamchiq” dovoni hududida esa havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Havo harorati -3... -8 darajagacha pasayadi, kunduzi esa 0... -5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha metrgacha kuchayishi xabar qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » FVV ogohlantiradi: O‘zbekistonga Kavkazdan sovuq havo kelyapti