11:00 / 10.01.2018
7 828

«​Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»​gi​ qonun​ qabul qilinishi belgilandi

«​Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»​gi​ qonun​ qabul qilinishi belgilandi
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi «​Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida»​gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Shuningdek, «​Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»​gi​ qonun ham yangidan qabul qilinadi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 oktyabriga qadar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, ularning huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha amaliyotga o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

Har bir huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning vakolat va vazifalari chegarasini aniq belgilash; mazkur organlarning o‘zaro vakolatlar va funksiyalar takrorlanishini bartaraf etishga, «​o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati​»​ga oid normalar belgilanmoqda.​

Milliy xavfsizlik xizmati sohasidagi parlament nazoratining mexanizmlari va faoliyatining samaradorligi mezonlari ham joriy yilning 10 oktyabiriga qadar belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «​Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»​gi​ qonun​ qabul qilinishi belgilandi