11:44 / 12.01.2018
6 397

Shavkat Mirziyoyev: «Biz endi xato qilishga haqimiz yo‘q»

Shavkat Mirziyoyev: «Biz endi xato qilishga haqimiz yo‘q»
10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan tartibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari yig‘ilishda nutq qilib, kirish so‘zida mazkur tadbir O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganiga 26 yil to‘lishi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni arafasida o‘tkazilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev barchani yaqin kelayotgan bayram bilan samimiy qutladi.

«Men yil davomida Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil qilib bordim. Harbiy o‘quv mashqlarini bevosita joylardan kuzatdim, harbiy xizmatchi bilan suhbatlashdim, mutasaddi shaxslarning hisobotlarini eshitdim. Natijada, ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan jiddiy va tizimli muammolar aniqlandi. Bular (harbiy - tahr.) kadrlar masalasi, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq masalalardir», deb ta’kidladi prezident.

Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, o‘tgan yili hal qilinishi zarur bo‘lgan ko‘plab masalalarga oid qaror va qonunlar qabul qilindi.

«​Lekin, tan olish kerakki, ularning barchasi tizimli emas, balki ma’lum bir bo‘g‘indagi muammoni hal etishga qaratilgan. Ana shu holatlarni hisobga olgan holda, Vatanimiz chegarasi va xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatni anglagan holda biz yangilangan Mudofaa doktrinasini qabul qildik.

Bizning endi xato qilishga haqimiz yo‘q, shu narsani to‘g‘ri anglagan holda ishga kirishaylik»​, deya e’tirof etdi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: «Biz endi xato qilishga haqimiz yo‘q»