06:30 / 14.01.2018
5 338

Prezident elchixonalar ishiga aralashadigan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarib olishini aytdi (Video)

Prezident elchixonalar ishiga aralashadigan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarib olishini aytdi (Video)
11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektorda prezident elchixonada ishlab kelgan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarishini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda «barcha diplomatlar o‘zining idoraviy mas’ulligidan qat’i nazar, elchining xizmat topshiriqlarini so‘zsiz bajarishi» lozimligini ta’kidladi.

«Elchixonada bir-ikkita idoralar vakillari ishlaydi, men hammasini qaytarib olaman. Bo‘ldi, u zamon tugadi. Elchi prezidentning vakili, siz ortidan kuzatib boradigan kimsa emas​», deya davlat rahbari elchixonada diplomatik vazifada ishlamagan xodimlarga ishora qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident elchixonalar ishiga aralashadigan «ayrim idoralar» vakillarini qaytarib olishini aytdi (Video)