08:00 / 16.01.2018
5 963

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi viza cheklovlari bekor qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi viza cheklovlari bekor qilindi
O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari viza cheklovlarini bekor qilishga kelishib olishdi. KUN.UZ 15 yanvar kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A.Abduhakimov Milliy matbuot markazida bergan ma’lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

"O‘zbekiston davlat rahbarining Tojikistonga tashrifi doirasida tegishli shartnoma imzolanadi. Bundan avval esa O‘zbekiston bosh vaziri Tojikistonda bo‘ldi va u yerda bu borada muayyan kelishuvlarga erishildi. O‘ylashimcha, bu - juda jiddiy qaror.

Bu birinchidan, O‘zbekistonda qarindoshlari bo‘lgan tojikistonliklar orasida katta qiziqish uyg‘otsa, ikkinchidan, tibbiyot, ta’lim yo‘nalishlaridagi turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shiladi - ular Samarqand, Buxoro yoki Xiva shaharlariga bajonidil sayohat qilishadi. Taxminan 150-200 kishi qatnaydi, deb bemalol ayta olamiz", - deya ta’kidladi A.A.Abduhakimov.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi reyslar 1992 yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi. O‘tgan yili esa "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi 25 yil davomidagi ilk Toshkent-Dushanbe yo‘nalishidagi aviareysni amalga oshirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi viza cheklovlari bekor qilindi