15:59 / 17.01.2018
7 420

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash borasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezidentning Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 27 noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi