2018 yil 1 fevraldan boshlab ulgurji savdo korxonalariga litsenziya olishda ustav fondiga yirik pul mablag‘i kiritish bo‘yicha talab bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 16 yanvar kuni imzolangan "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ta’kidlangan.
Hujjatga ko‘ra, ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda, shundan pul mablag‘lari eng kam ish haqining 1200 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab bekor qilinadi.
2018 yil 1 fevraldan e’tiboran oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi haqidagi batafsil axborot har oy O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buxoro hokimligi matbuot-xizmati endilikda ulgurji savdogarlarga litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinishi haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!