Xo‘jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur sub’ektlar sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalari uning mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilangan. Qarorda ko‘rsatilishicha, jamg‘arma nizomini bir oy muddatda ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Ushbu jamg‘arma mablag‘larini faqat quyidagi maqsadlarga yo‘naltirish:
- yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini o‘tkazish, mahsulotlarning tajriba partiyalarini ishlab chiqarish va seriyalab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish;
- mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni moliyalashtirish;
- mos yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ularni eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hujjatda ko‘rsatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi