22:23 / 28.01.2018
4 236

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga Kobul shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi. Bu haqda «Prezidenti matbuot xizmati»ga tayanib «Kun.uz» xabar qildi.

Afg‘onistonning 1TV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, shanba kuni tez tibbiy yordam mashinasining portlatilishi natijasida 103 kishi qurbon bo‘ldi, 235 kishi jarohatlandi. Terakt uchun «Tolibon» guruhi javobgarlikni zimmasiga oldi. To‘rt kishining hibsga olingani xabar qilinmoqda. Mamlakatda motam kuni e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonga hamdardlik bildirdi