00:30 / 11.02.2018
5 006

22 martdan boshlab Toshkentdan Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin bo‘ladi

22 martdan boshlab Toshkentdan Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin bo‘ladi
22 martdan boshlab “Toshkent—Baliqchi—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.

Xabar berishlaricha, qatnovlar 22 martdan boshlab haftasiga bir marta, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning poyezdlarida amalga oshiriladi.

Poyezd har payshanba kuni Toshkentdan yo‘lga chiqib, juma kuni Baliqchiga yetib boradi hamda shanba kuni Baliqchidan yo‘lga chiqib, yakshanba kuni Toshkentga kirib keladi.

“Toshkent—Baliqchi—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanuvchi poyezd tarkibida 7 ta kupeli vagon, 3 ta plaskartli vagon va bitta vagon-restoran bo‘ladi.

Avvalroq 2018 yildan Toshkentdan Issiqko‘l bo‘yidagi Baliqchi (Ribache) shahriga yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22 martdan boshlab Toshkentdan Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin bo‘ladi