11:50 / 23.02.2018
9 367

Navro‘zda besh kun dam olish kuni beriladi

Navro‘zda besh kun dam olish kuni beriladi
Kecha, 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatda turizm tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qatnashayotgan «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali vakilining ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Prezidenti so‘z orasida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklarga besh kun dam olish kuni berilishini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida ham ayni jihatlar ko‘zda tutilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Navro‘zda besh kun dam olish kuni beriladi