00:59 / 27.02.2018
5 477

O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida narxlar o‘sishi bo‘yicha birinchi uchlikka kirdi

O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida narxlar o‘sishi bo‘yicha birinchi uchlikka kirdi
Belarusning “BelaPAN” axborot agentligi sobiq SSSR davlatlarida milliy statistika organlari ma’lumotlarini yanvar oyida iste’mol narxlari o‘sishi bo‘yicha tahlildan o‘tkazdi.

“Birinchi uchlikda – Armaniston, O‘zbekiston (2,7%dan) va Ukraina (1,5%). Belarus to‘rtinchi o‘rinni egalladi (0,8%). Belarusdan pastda, inflyatsiya Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda (0,6%dan), Moldova, Tojikiston, Estoniya (0,4%dan), Litva va Rossiyada bo‘lgan (0,3%dan)”, - deya xabar qilmoqda BelaPAN.

Ta’kidlanishicha, tahlil natijalariga ko‘ra, narxlar Ozarboyjon va Latviyada o‘zgarmagan, Turkmaniston bo‘yicha esa ma’lumotlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston sobiq SSSR davlatlari orasida narxlar o‘sishi bo‘yicha birinchi uchlikka kirdi