4 589
Moskva oblastida bir insonni o‘limdan qutqargan O‘zbekiston fuqarosiga mukofot topshirildi
Joriy yilning 31 yanvar kuni Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida yuz bergan yong‘inda Samarqand viloyati Pastarg‘om tumani, Chorvador qishlog‘ida tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Nuriddin Qirg‘izov uyni yonayotganligini ko‘rib, darhol u yerda qolib ketgan qariyani qutqarishga shoshildi va natijada og‘ir kuydi. Bu haqda “FVV axborot xizmati”ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Yong‘in vaqtida jasorat va fidokorlik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.Qirg‘izov Rossiya Federatsiyasi Yong‘inga qarshi kurashish ko‘ngilllilar jamiyatining “Knyaz Aleksandr Lvov” nomli medali hamda Pushkino shahar okrugi boshlig‘idan diplom, shuningdek, Pushkin yong‘in-qutqaruv garnizoni boshlig‘i tomonidan minnatdorlik e’lon qilingan.
Mukofotlarni N.Qirg‘izovga Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash va hokimiyat xodimlari topshirdi.
Hozirgi vaqtda N.Qirg‘izovga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi