13:56 / 19.03.2018
4 761

Shavkat Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni Prezident saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining tabrigida bo‘lib o‘tgan saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida amalga oshirilayotgan har tomonlama o‘ylangan, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, davlat suverenitetini qat’iy himoya qilish va Rossiya Federatsiyasining jahonda muhim o‘rin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani qayd etilgan.

O‘tgan yilning aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirilgan davlat tashrifi, yaqin muloqot, siyosiy iroda hamda tomonlarning amaliy hamkorlikni sifat jihatidan kengaytirishga birdek intilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini salmoqli darajada mustahkamladi.

Siyosat, savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya, harbiy-texnik, madaniy-gumanitar va ko‘plab boshqa sohalarda turli darajalarda olib borilayotgan faol hamkorlikda erishilgan aniq natijalar bundan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Rossiya prezidentligiga nomzod — amaldagi prezident Vladimir Putin saylovda yetakchilik qilayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Putinni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi