11:06 / 27.03.2018
4 623

#UzAfg2018: Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi

#UzAfg2018: Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi
Foto: Twitter / Komil Allamjonov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzucida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari, 25 davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro konferensiyaga dunyo hamjamiyati zo‘r qiziqish bilan qaramoqda. Jafokash afg‘on xalqining umida katta.

Mintaqada xavfsizlikka erishish, shu orqali nafaqat Afg‘onistonda, balki Markaziy Osiyo va unga tutash mamlakatlarda tinch taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiluvchi mazkur konferensiyada afg‘on muammosini hal qilish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surilishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » #UzAfg2018: Toshkent xalqaro konferensiyasi boshlandi