Podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov O‘zbekiston IIV terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikdagi o‘z manbasiga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Qodirov ilgari O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan tashqari, xabar qilinishicha, podpolkovnik Zokirjon Tohirovich Ahadov O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot organlarida keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirgandi. Jumladan, O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi negizida jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmalari tashkil etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi