18:47 / 30.03.2018
3 821

Toshkentda «uy olib beraman» deb 35 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ushlandi

Тошкентда «уй олиб бераман» деб 35 минг долларни ўзлаштириб юборган фирибгар ушланди
Toshkent shahri, Yashnobod tuman IIBga uy uchun bergan katta miqdordagi pulini qaytarib ololmayotgan jabrdiyda murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yil aprel oyida Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1963 yilda tug‘ilgan A.Rasulov Z.Dastxodjayevaning xonadonida unga uy olib berishini aytib, ishonchiga kirib, 35 ming dollar pulini oladi. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Ko‘rilgan choralar natijasida A.Rasulov qo‘lga olindi.

Manba: Daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda «uy olib beraman» deb 35 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ushlandi