23:26 / 30.03.2018
4 925

Tojikistonlik mehmonlar O‘zbekiston haqida nima deyishmoqda?

Tojikistonlik mehmonlar O‘zbekiston haqida nima deyishmoqda?
Samarqandda Osiyo noni deb ataluvchi nonni albatta tatib ko‘r. Bunday mazali non dunyoning biror burchagida uchramaydi.
Foto: «visituzbekistan.travel»

Chegaralar ochildi, ko‘p yillik tarixga ega do‘stona aloqalar qayta tiklandi. Tabiiyki, bordi-keldi avj oldi. Hozir yurtimizga ayniqsa qo‘shni Tojikistondan juda ko‘p mehmonlar kelmoqda. Shulardan biri Anora Abduxoliqova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida juda qiziqarli post qoldirgan.

O‘zbekistonga sayohatga oid 8 qiziqarli fakt

1. Millioner bo‘lishni istasang O‘zbekistonga bor. 130 dollaring bo‘lsa kifoya, birpasda millionerga aylanasan.
2. Eng mazali taomlarni tatib ko‘rishni istasang – O‘zbekiston seni kutmoqda. Judayam, judayam totli shashlik (kabob) rosa arzon narxda taqdim etiladi.
3. Mashina minish uchun ham qulay davlat. Yonilg‘i juda arzon – har qadamda metan, propan.
4. Ozgina Samarqand haqida: shahar taksisi shu qadar arzonki, pul berayotganingni ham bilmaysan.
5. Shahardagi avtomobil harakati haqiqiy ekstremal sayohat! Samarqandda mashina boshqara olsang, bilginki, butun O‘zbekistonda boshqara olasan.
6. Ehtiyot bo‘l! Katta yo‘llarda radar juda ko‘p. Jarima to‘lashni istamasang qoidalarga rioya qil.
7. Samarqandda Osiyo noni deb ataluvchi nonni albatta tatib ko‘r. Bunday mazali non dunyoning biror burchagida uchramaydi.
8. Eng qizig‘i va muhimi: O‘zbekistonda juda mehmondo‘st va xushchaqchaq odamlar yashaydi. Ular har bir mehmonni xursand qila olishadi!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tojikistonlik mehmonlar O‘zbekiston haqida nima deyishmoqda?