06:02 / 31.03.2018
6 063

Vladimir Putin O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi

Vladimir Putin O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin joriy yilning kuzida O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvida joriy yil kuzida Putinning O‘zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 mart kuni telefon orqali suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni 18 martdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabrikladi va uni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Vladimir Putin O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi