Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator dolzarb qonun loyihalari quyi palataning navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda "Xalq so‘zi" yozmoqda.
Xususan, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida Adliya vazirligi tomonidan Prezidentimizning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishga kiritishga hozirlik ko‘rilayapti.
Qo‘mita ishchi guruhi yig‘ilishida mazkur qonun loyihasi yuzasidan so‘zga chiquvchi mas’ul deputat belgilab olindi hamda uning muhokamasiga jalb etiladigan mutaxassis va ekspertlar guruhi shakllantirildi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan yana bir qonun loyihasini ham Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Ushbu hujjat bilan to‘rtta Qonunga, jumladan, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Byudjet hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish hamda moliyalashtirishning yangi tartibiga amaldagi qonun hujjatlarining muvofiqlashtirilishini ta’minlashdir.
Qo‘mita ushbu qonun loyihasini quyi palatada ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun ekspertlar guruhini shakllantirib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi