22:39 / 14.04.2018
8 552

O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasidan Povoljya orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabarida aytiladi.

Foto: O‘zgidromet
17 aprel kuni nam va sovuq havo oqimining ta’siri respublika hududida saqlanib qoladi.

15-17 aprel kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi kuzatiladi.

15-16 aprel kunlari havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

17 aprel kuni havo harorati pasayib, kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda