O‘zbekiston Qurolli Kuchlari 2018 yilda dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 9 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 39 o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Global Firepower tomonidan tuzilgan reytingda 136 mamlakat qurolli kuchlari ishtirok etgan. Ushbu mamlakatlarning qurolli kuchlari 50 dan ortiq ko‘rsatgichlariga qarab baho berilgan. Xususan, quruqlik harbiy kuchlari quvvati, harbiy havo kuchlari quvvati, dengiz kuchlari quvvati harbiy texnika va harbiy xizmatga layoqatli aholi soni, harbiy sektorning moliyalashtirilishi, mamlakatda yonilg‘i manbalari borligi, transport infratuzilmasining rivojlanganligi va boshqa ko‘rsatgichlar.
Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ixtiyorida 420 ta tank, 179 ta samolyot, 715 ta jangovar mashina, 143 ta o‘ziyurar to‘p, 880 ta to‘p va 109 ta yoppasiga o‘t ochish qurollari mavjud.
MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston qurolli kuchlari Rossiya va Ukrainadan keyin ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Belarus — 41, Qozog‘iston – 50, Ozarbayjon —53 o‘rinlarni egallagan.
Reytingning eng yuqori pog‘onasida AQSh (1), Rossiya (2), Xitoy (3), Hindiston (4), Fransiya (5), Britaniya (6), Janubiy Koreya (7), Yaponiya (8), Turkiya (9), Germaniya (10) va boshqa mamlakatlar joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?