07:32 / 19.04.2018
4 142

Amazon va Google O‘zbekiston bozori bilan qiziqmoqda

Amazon va Google O‘zbekiston bozori bilan qiziqmoqda
Yuqori texnologiyalar bo‘yicha dunyoning yetakchi korxonalari Amazon, IBM, Cisco, Microsoft, Alibaba va Google O‘zbekiston bozoriga qiziqmoqda. Ularning fikriga ko‘ra bu yerda noyob imkoniyatlar va o‘sish uchun potensial bor, deb hisoblaydi Axborot texnologiyalari vaziri Azim Axmedxo‘jayev.

Vazir aytishiga qaraganda, butun MDH hududida ushbu kompaniyalarning axborot qayta ishlash bazalari yo‘q. Odatda, bunday bazalar biznes olib borish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.

"O‘zbekistonda ana shunday markaz paydo bo‘lsa, bu ularga yaqin atrofdagi mamlkatlar bilan amalga oshirilayotgan harakatlarni tezlashtirish imkonini bergan bo‘lar edi. Bu yakuniy foydalanuvchi tomonidan kompaniya xizmatlaridan foydalanish yoki foydalanmaslik borasida qaror qabul qilishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi", — dedi Axmedxo‘jayev.

Misol uchun, vazir aytishiga qaraganda Rigadagi mijoz Gonkongdagi Alilbaba serveriga so‘rov yuboradi. Uning javobi kelgunicha ma’lum vaqt o‘tishi kerak. Shu vaqt ichida mijozning fikri o‘zgarib qolishi va u xariddan voz kechishi mumkin.

"Biz O‘zbekiston hududdagi IT texnologiyalar markazi bo‘lishini istaymiz. O‘zbekiston o‘ziga xos axborot xabi bo‘lishi mumkin. Buning uchun O‘zbekistonga xorijdan imkon qadar ko‘proq mutaxassislar kelishi kerak. Biz ular bu yerda axborot almashishi uchun qulay maydoncha yaratishimiz kerak", — dedi Axborot texnologiyalari vaziri.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Amazon Web Services kompaniyasi vakillari O‘zbekiston hukumati bilan O‘zbekiston hududida quyosh panellari yordamida axborot markazlari qurish borasida muzokaralar o‘tkazgan edi.

Undan tashqari Cisco kompaniyasi O‘zbekistonga "aqlli" va xavfsiz shaharlar qurishni Google Global Cache esa mahalliy aholi uchun Gugl xizmatlari sifatini oshirishni taklif qilishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Amazon va Google O‘zbekiston bozori bilan qiziqmoqda