Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri "selfisevar" oilaviy sayyohlar oqimi yetib kelmagan eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi. O‘zbekiston ushbu ro‘yxatdan joy oldi. Shuningdek mazkur ro‘yxatga Qirg‘iziston va Mo‘g‘uliston ham kiritildi.
"70-yillar xippisiga aylanib, birinchilar qatorida Tailand, Vetnam va Indoneziyaga bormoqchimisiz? Markaziy Osiyoda bo‘lsangiz, xuddi shunday muvaffaqiyat bilan birinchilar qatorida bo‘lishingiz mumkin", - deb yozadi Daily Mail.
Manbada hozirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘ulistonni ko‘chmanchi sayyohlar tashrif buyurayotgani, oddiy turistlar ham ulardan biriga aylanishi mumkinligi qayd etilgan.
"O‘zbekiston - YuNESKO Jahon merosining to‘rt ob’ekti joylashgan eng qadimiy va unutilmas xotiralar qoldiruvchi o‘lka ekanligi bilan ham sayyohlar tashrif buyurishi kerak bo‘lgan joylar ro‘yxatida bo‘lishi lozim", - deyiladi manbada.
Shuningdek Qirg‘iziston hozircha sayyohlar tomonidan yetarlicha baholanmagan joylardan hisoblanishi, u yerda suratkashlar uchun ajoyib manzarali joylar borligi qayd etilgan.
Bundan tashqari, sayyohlar qoidaga ko‘ra Rossiya va Xitoyga borib, yaqin oradagi Mo‘g‘ulistonga diqqat qilmasligi, biroq bu sayyohlar e’tiboriga munosib joy ekani ta’kidlanadi.
Ro‘yxatda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Berlin, Tokio, Chili, Argentina, Janubiy Koreya kabi shahar va davlatlar nomi ham keltirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi