09:14 / 06.05.2018
4 515

O‘zbekistonda elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha xizmat muddati 5 ish kunigacha qisqartirildi

O‘zbekistonda elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha xizmat muddati 5 ish kunigacha qisqartirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabariga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.

Mazkur reglament bilan yuridik va jismony shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berish muddatlari va taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirildi, davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etadigan sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni faqat elektron shaklda axoborot almashinuvi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatining muddati 16 ish kunidan 5 ish kuniga qisqartirildi.

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash uchun taqdim etiladigan hujjatlar soni 17 tadan 8 taga kamaytirildi.
Quvvati 20 kilovattdan (avval 10 kilovatt) kam bo‘lgan elektr energiyasi iste’molchilari uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish talab etilmaydi.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalarni iste’molchining hohishiga ko‘ra hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki boshqa qurilish-montaj tashkilotlari bilan tuzish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, murojaat etuvchilar yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash yuzasidan tuman (shahar) davlat xizmati markazlariga o‘zi kelgan holda yoki Yagona intreaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Reglament orqali elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash tartibi belgilab berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha xizmat muddati 5 ish kunigacha qisqartirildi