12:20 / 08.05.2018
5 196

Ekspert Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi sababini tushuntirdi

Ekspert Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi sababini tushuntirdi
Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
Yaqin orada AQShga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketadigan O‘zbekiston Prezidenti Amerika ma’muriyati bilan keng doiradagi masalalarni muhokama qiladi. Bu haqda Toshkentdagi «Ma’no» tadqiqotchilik tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev fikr bildirdi, deb yozadi Sputnik.

«AQSh — bu investitsiyalar, mintaqaviy muammolarni yechishda hamkorlik. Shu tufayli mintaqaviy xavfsizlik masalalari hal etilishiga, mintaqadagi mamlakatlar taraqqiyotiga, o‘sish va iqtisodiy rivojlanish uchun imkoniyatlarni ta’minlashga erishishni istayotgan O‘zbekiston uchun AQSh bilan sheriklik juda muhim. Prezident AQShga javoblar olish va bu yo‘nalishlarning barchasi bo‘yicha kelishib olish uchun ketmoqda», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonning tashqi siyosati, ayniqsa, mintaqaviy kesimda, juda faol va mantiqiy davomga ehtiyoj sezadi.

«Yaqinda Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha juda jiddiy konferensiya bo‘lib o‘tdi va uni o‘tkazishda asosiy sheriklardan biri AQSh bo‘ldi. Ammo endi keyingi bosqichga o‘tish, bu masalalarni hal qilishni davom ettirish kerak. Bu ham siyosiy xususiyatdagi maqsadlar, ham xavfsizlik, iqtisodiyot va investitsiyalar masalalari, ularning barchasi muhokama qilinadi. U yerda juda yaxshi ijobiy yechimlar bo‘ladi, deb o‘ylayman. Tomonlar bunga tayyor», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 19 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli rejalarini birgalikda ko‘rib chiqish maqsadida prezident Tramp Shavkat Mirziyoyevga AQShga rasmiy tashrif bilan borishni taklif etgandi.

2018 yil mart oyida AQSh rahbari O‘zbekiston Prezidentiga yo‘llagan maktubida esa yaqin orada uchrashuvni intizorlik bilan kutib qolishini ta’kidlagan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ekspert Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi sababini tushuntirdi