07:03 / 09.05.2018
3 996

O‘zbekiston Litva orqali Yevropa bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda

Ўзбекистон Литва орқали Европа бозорларига чиқишни режалаштирмоқда
O‘zbekiston Litvaga Yevropa bozorlariga chiqish uchun qulay tranzit bo‘g‘ini sifatida qaramoqda. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov aytib o‘tdi.

“Eng asosiysi, biz Litvaga har yili o‘zaro savdo aylanmamiz oshib borayotgan Yevropa davlatlariga chiqish maydoni sifatida qaramoqdamiz”, deb aytgan Ikromov Toshkentda Litva ishbilarmon doiralari bilan o‘tgan uchrashuvda.

Ikromovning aytishicha, Klayped porti Boltiq dengizining eng shimoliy muzlamaydigan porti bo‘lib, o‘zbek kompaniyalari uchun eng unumli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. “Logistika munosabatlarimizning eng muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi”, deb qo‘shimcha qilgan Ikromov.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi savdo aylanmasi 20 foizga oshib, 264 mln dollarga yetgan. Tomonlarning aytishicha, ikki davlat savdo, investitsiyalar va transport sohalarida o‘zaro hamkorlikni oshirish uchun katta salohiyatga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Litva orqali Yevropa bozorlariga chiqishni rejalashtirmoqda