08:33 / 09.05.2018
3 197

Rossiyada ishlash uchun kompleks imtihonlar O‘zbekistonda tashkil etiladi

Rossiyada ishlash uchun kompleks imtihonlar O‘zbekistonda tashkil etiladi
Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon o‘tkazishni tashkil etish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qabul qilgan qo‘shma qarorda shunday deyiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, kompleks imtihonni o‘tkazishni tashkil etish Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining kompleks imtihondan o‘tishini tashkil etish bo‘yicha bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Kompleks imtihon bosh vakolatli oliy ta’lim muassasalari tomonidan kompleks imtihon o‘tkazish markazlarida tashkil etiladi. Markaz tomonidan kompleks imtihon topshirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlanganligi haqida ommaviy axborot vositalari va markazning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi. Shuningdek ushbu ma’lumotlar markazning barcha shaxslar kirishi va ko‘rishi mumkin bo‘lgan joylardagi e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)