17:51 / 22.05.2018
3 833

Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Belgiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Belgiyaga tashrif buyuradi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yil Bryusselga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Dushanba kuni Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak O‘zbekiston hukumatida bankning respublikadagi loyihalar uchun dastlabki kreditlarini ajratish masalasini muhokama qildi.

«Ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil oktyabr oyida Bryusselga amalga oshiriladigan tashrifi chog‘ida imzolanishi kutilmoqda», - deya ta’kidlab o‘tishgan qo‘mitadan.

Xudakning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ushbu loyihalarning aniq jihatlari bo‘yicha bir qarorga kelgan.

O‘zbekiston hukumati Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlikni O‘zbekiston iqtisodiyotiga Yevropa investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha imkoniyat deb biladi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa investitsiya banki va O‘zbekiston 2017 yil oktyabr oyida mamlakatda bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilovchi hadli bitimni imzolagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Belgiyaga tashrif buyuradi