Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti mamlakatning turizs salohiyati, sohadagi muammolar, istiqboldagi rejalar xususida ham to‘xtalib o‘tgan.
—Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Umarov (Baxtiyor Umarov nazarda tutilmoqda — tah.) tayinlandi. Men bu odamni bir yarim yildan beri ko‘p sohalarda sinab ko‘rdim. Bilimi bor, sadoqati bor, o‘zini qiynab ishlaydi. Turizm biz uchun lokomotiv soha, turizmga hamma rahbar yordam berishi kerak. Bizda 27 yilda turizm bo‘lmagan. Davlat yopiq bo‘lgan. Davlat yopiq bo‘lsa, qanday qilib turist keladi. Juda katta qarorlarga qo‘l qo‘ydik, lekin bugun zamon o‘zgaryapti, talab soat sayin o‘zgaryapti. Shuning uchun ham Umarovning oldiga juda katta masalalarni qo‘ydim. Bosh vazir ham bunga yordam beradi.
Turizm ertaga bizni boqadi. Mehmonxonalar, infratuzilma qilmasak bo‘lmaydi. Samarqandga yangi yo‘l qurmoqchimiz, ko‘p narsa qilmoqchimiz. Lekin bir yilda bo‘lmaydi. 27 yil qotib qolganmiz, hozir ko‘p joylarga e’lon berdik, ammo mehmon kutadigan sharoitimiz yo‘q, mehmonxona yo‘q. Shuni hamma bilishi kerak», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi