10:25 / 06.06.2018
7 884

O‘zbekistonda fuqaroning yashash manzili haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ldi

O‘zbekistonda fuqaroning yashash manzili haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ldi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) orqali manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish davlat xizmati respublika miqyosida ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Yanvar oyida mazkur xizmat sinov rejimida Toshkent shahri uchun ishga tushirilgandi.

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Yagona identifikatsiya tizimi orqali (OneID) ro‘yxatdan o‘tish lozim. OneID tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida akkauntni tasdiqlash talab etiladi.

Aytilishicha, manzil-ma’lumot axboroti uch kun ichida taqdim etiladi. Xizmatdan foydalanish bepul.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda fuqaroning yashash manzili haqida internet orqali ma’lumot olish mumkin bo‘ldi