16:25 / 08.06.2018
4 102

So‘mning grafik belgisi paydo bo‘lishi mumkin

So‘mning grafik belgisi paydo bo‘lishi mumkin
O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mning ramz ko‘rinishidagi belgisi paydo bo‘lishi mumkin. Bu yangi tahrirdagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni loyihasida nazarda tutilgan.

Xususan, 43-moddada (Pul tizimi) ramz haqida band paydo bo‘lgan: «so‘mning ramz ko‘rinishidagi grafik belgisi Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi». Amaldagi qonunda so‘m ramzi umuman tilga olinmagan.

O‘zbek so‘midan, boshqa valyutalardan farqli ravishda, ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q va bo‘lmagan. Qisqartma sifatida «so‘m», «sӯm» yoki «sum» qo‘llaniladi, UZS - harf belgisi va 860 - raqam belgisi bor.

MDH hududida grafik ramzlar arman drami ( ), Ukraina grivnasi (₴), Ozarboyjon manati ( ), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz somi (⊆) va Rossiya rublida (₽) bor, deb yozmoqda Spot.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)