O‘zbekistonda Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bayrami uch kun nishonlanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–5290-sonli farmonida o‘z ifodasini topgan.
«Xalqimizning saxovat, mehr-muruvvat va marhamatlilik, birdamlik kabi oliyhimmat sifatlari, shuningdek milliy-diniy qadriyatlarni saqlash va ulug‘lash maqsadida 2018 yildan boshlab Qurbon hayit va Ramazon hayiti kabi muqaddas bayramlarini nishonlash uchun bayram kunlariga yaqin ish kunlariga alohida dam olish kunlarini ko‘chirish yo‘li hisobiga ketma-ket uch dam olish kuni joriy etiladi», — deyiladi prezident farmoniga sharhda.
Farmonga ko‘ra, Qurbon hayitida ham uch kunlik dam olish kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni oy ko‘rinishiga qarab belgilanadi. U Ramazon oyining 29 yo 30 kun bo‘lishidan kelib chiqib, iyun oyining 15- (juma) yo 16-sanasi (shanba)ga to‘g‘ri kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi