19:46 / 10.06.2018
5 333

Buxoro viloyatida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda

Buxoro viloyatida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda
Davlat Soliq qo‘mitasi, Majburiy ijro byurosi va Markaziy banki tomonidan 2017 yil 7 iyulda “ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdor xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi hamda soliq qarzdorliklarini majburiy undirishda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha” Qo‘shma ko‘rsatmaga asosan soliq qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjatlarini ijrosini hamkorlikda jadallashtirish yuzasidan boshqarma tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Uzoq muddat davomida qarzdorlik summalari undirilmagan va undirish imkoniyati bo‘lmagan ijro hujjatlari ijrosi amalda ta’minlanib, joriy yilning o‘tgan davrida jami 2008 ta 239,1 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari ijrosi tamomlanib, shundan 1279 tasi bo‘yicha 230,1 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha soliq qarzdorligi amalda undirilgan.

Xatlangan mol-mulklardan jami 7,5 mlrd. so‘mlik mol-mulklarni “Ye-auksion” elektron savdolari orqali savdosi tashkil etish uchun chiqarildi.

MIB va DSB hamkorlikda soliq qarzlarini qarzdor yuridik shaxslar, va jismoniy shaxslardan majburiy tartibda undirish borasida tadbirlar davom ettirilmoqda.


Majburiy ijro byurosi
Buxoro viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Buxoro viloyatida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda