22:02 / 13.06.2018
4 435

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi
Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, AQSh Prezidenti Donald Trampning qutlovida bunday deyilgan:

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Amerika xalqi nomidan Melaniya va men Sizga va O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimizni yo‘llaymiz.

Ramazon oyining yakunlanishini nishonlar ekanmiz, adolat va rahm-shafqatga asoslangan Islom dinining qo‘shnilarga yordam berish va turli e’tiqoddagi insonlar bilan rizqini baham ko‘rishdek muqaddas an’anasini yanada teran anglaymiz. Iyd al-Fitr bir-birini qo‘llab-quvvatlash va barchaning o‘z salohiyatini to‘laligicha yuzaga chiqarish imkonini beradigan jamiyat barpo etish mas’uliyatini yodga soladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari ko‘plab din vakillari, shu jumladan, mamlakatimizga muhim hissa qo‘shgan va qurolli kuchlarimizda munosib xizmat qilgan amerikalik musulmonlarning ham yurtidir.

Men dunyodagi barcha musulmonlarga o‘zimning eng samimiy tabriklarimni yo‘llayman. Ushbu bayram kunlarida va kelgusi yilda ularga sihat-salomatlik va farovonlik tilayman. Ramazon hayiti muborak!

Hurmat bilan,
Donald J.Tramp, AQSh Prezidenti

Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud;

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz as-Saud;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla Ikkinchi bin al-Husayn;

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos;

Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Yusuf Al-Usaymin.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi