22:57 / 28.06.2018
9 396

Prezident Mustaqillik bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Prezident Mustaqillik bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyunda “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror matni “O‘zA”da keltirilgan.

Unga ko‘ra O‘zbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligi tantanalari “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Mazkur qaror bilan xalqimizning asriy orzusi bo‘lgan, mamlakatimizni xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirgan O‘zbekiston mustaqilligining yigirma yetti yilligini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.

Respublika komissiyasiga bir hafta muddatda “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” degan g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Mazkur dastur 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi bilan uyg‘un holda tayyorlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda “Eng ulug‘, eng aziz”, “Ranglar jilosida – ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi an’anaviy ko‘rik-tanlovlarni yuqori darajada o‘tkazishni ta’minlash belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident Mustaqillik bayramini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi