23:46 / 13.07.2018
4 906

Bir vaqtning o‘zida bir necha OTMga hujjat topshirishga ruxsat berilishi mumkin

Bir vaqtning o‘zida bir necha OTMga hujjat topshirishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining 2021 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi» to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi umumiy muhokama uchun qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Strategiya loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishga ruxsat berish masalasi alohida band bilan taklif qilingan.

Bundan tashqari, strategiyada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinadiganlar soni bilan bog‘liq kvotani bekor qilish, oliygohlar ko‘paytirish, onlayn-platformalar asosida masofaviy ta’limni kuchaytirish ham taklif qilingan.

Strategiya loyihasi muhokamasi 27 iyulga qadar davom etadi. Hujjat qabul qilinsa, 1 avgustdan kuchga kirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bir vaqtning o‘zida bir necha OTMga hujjat topshirishga ruxsat berilishi mumkin