16:20 / 17.07.2018
6 083

FVV: O‘zbekistonda anomal issiq bo‘lishi kutilmoqda

FVV: O‘zbekistonda anomal issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yilning 19-23 iyul kunlari O‘zbekistonga xorijiy davlat (Eron)dan quruq va juda issiq havo Turkmaniston orqali kelishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, respublikaning aksariyat hududlarida havoning kunduzgi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga oshib, 40-43 darajani tashkil etadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 44-45gacha qiziydi, garmsel kutilmoqda.

19-23 iyul kunlari Respublikaning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida havo haroratining oshishi munosabati bilan Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan glyasiyal (muzlikning erishi natijasidagi) sel kelishi mumkin.

FVV yuqoridagilardan kelib chiqib, xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni, ko‘p miqdorda ichimlik suvini iste’mol qilishingizni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirish kerakligini tavsiya qilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » FVV: O‘zbekistonda anomal issiq bo‘lishi kutilmoqda