23:03 / 20.07.2018
4 882

O‘zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko‘p murojaat qildi?

O‘zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko‘p murojaat qildi?
2018 yil 15 iyuldan boshlab O‘zbekistonda turistik maqsadlarda mamlakatga kirish uchun elektron vizalarni rasmiylashtirish va berish tizimi joriy etildi. Kun.uz xabar berishicha, joriy yilning 15-19-iyul kunlari 534 nafar xorijlik fuqaro elektron vizani olish uchun murojaat qilgan.

35 mamlakatdan elektron viza olish uchun ariza berildi. Ular orasida Xitoy, AQSh va Buyuk Britaniya yetakchilik qilmoqda. Xususan, Xitoydan 100ta murojaat, AQSh - 82, Buyuk Britaniyadan 54 ta murojaat kelib tushdi.

Ta’kidlanganidek, 265 nafar fuqaro vizalarni olib bo‘ldi, 269 murojaat esa tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Xabar qilinishicha, rad javobini berish holatlari kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tizim xorijiy fuqarolarning respublikaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalariga turistik vizani rasmiylashtirish uchun majburiy murojaat qilish tartibini bekor qilishini nazarda tutadi.

Chet el fuqarosiga elektron vizalar O‘zbekiston hududida 30 kun muddat davomida bir marta bo‘lish uchun beriladi. Viza berilgan kundan boshlab 90 kun davomida amal qiladi.

Elektron vizani rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalarni ko‘rib chiqish muddati ariza topshirilgan kunni hisobga olmagan holda ikki ish kunini tashkil etadi.

Elektron vizani rasmiylashtirish uchun ariza O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurish rejalashtirilgan sanadan kamida uch ish kuni oldin taqdim etilishi kerak.

Elektron vizani berish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi - 20 AQSh dollari.

To‘lov xalqaro to‘lov tizimlari orqali elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga elektron viza olish uchun qaysi davlat fuqarolari eng ko‘p murojaat qildi?