14:26 / 02.08.2018
4 829

Bugun 595 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi, 23 nafari imtihonlardan chetlashtirildi

Bugun 595 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi, 23 nafari imtihonlardan chetlashtirildi
2 avgust kuni test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi. Test sinovlarida 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 31 ta ta’lim yo‘nalishida 29 ming 532 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra 595 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 23 nafar abituriyent hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Test jarayonlarini onlayn kuzatish uchun qo‘yilgan kamera va monitorlar ishlamoqda. Test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn ko‘rinishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritilmoqda.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 444 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar hududiga kirish postlarida (metalloramalar oldida) Ichki ishlar vazirligi xodimlari soni ko‘paytirildi va tekshirish jarayeni kuchaytirildi. Bu o‘z natijasini berib, abituriyentlar tomonidan test sinovlariga uyali telefon, va shpargalkalar olib kirishning oldi olinmoqda.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda 1-smenada test sinovlari soat 11:00 da yakunlanadi. 2-smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feld’egerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

Test jarayonlariga oid fikrlar, mulohazalar va adolatsizliklar haqida fakt va dalillaringiz bo‘lsa, unda darhol Davlat test markazining +99895 1991914 raqamli Ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz, deb yozadi Abduhakimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun 595 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi, 23 nafari imtihonlardan chetlashtirildi