19:07 / 02.08.2018
4 539

O‘zbekistonda raqamli bank ochishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda raqamli bank ochishga ruxsat berildi
Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

O‘zgartirishlarga muvofiq endi yurtimizda raqamli bank faoliyatini ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Xususan, innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi raqamli bank ekanligi qayd etildi.

Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi. Endilikda bu jarayon o‘n kunda amalga oshiriladi (oldin 15 kun).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda raqamli bank ochishga ruxsat berildi